Ijodkorlar uchun · bepul

Siz foydali video qilasiz. Biz unga tomoshabin olib kelamiz.

Zehngram — faqat foydali kontent to'planadigan joy. Videongizning eng kuchli parchalarini shorts qilib ko'rsatamiz, tomoshabinni esa to'liq videoga — sizning kanalingizga yuboramiz.

4 qadam

  1. 1

    Havolani yuborasiz

    YouTube videongiz yoki shorts havolasini formaga tashlaysiz. 1 daqiqa.

  2. 2

    Biz ko'rib chiqamiz

    Kontent foydali bo'lsa — eng kuchli joylarini tanlab, shorts qilamiz.

  3. 3

    Sizni ko'rsatamiz

    Har bir shortda ismingiz, kanalingiz havolasi va «To'liq videoni ko'rish» tugmasi.

  4. 4

    Trafik sizga boradi

    Tomoshabin YouTube'dagi asl videongizga — aynan o'sha daqiqaga o'tadi.

Siz nima olasiz

✓
Qo'shimcha tomoshabin
Shortslar Zehngram sayti va sahifalarida chiqadi. Har bir ko'rgan odam to'liq videoga bir bosishda o'tadi.
✓
Manba doim aniq
Ismingiz va kanalingiz har bir parchada ko'rinadi. Kontent sizniki bo'lib qoladi.
✓
Ochiq statistika
Sizning videolaringizdan kanalingizga nechta odam o'tganini shu sahifada ko'rsatamiz.
✓
To'liq nazorat
Bitta xabar — va videongiz Zehngram'dan o'chiriladi. Savolsiz.

Jonli statistika

45

to'liq videoga o'tish

420

short

138

ijodkor

IjodkorShortsKanalga o'tdi
Jonibek Miralimov845
SunFounder Maker Education150
Cosmoknowledge140
Dr. Tracey Marks130
Math and Science120
Cleo Abram120
AstroKobi120
Steve | Call to Leap120

«To'liq videoni ko'rish» tugmasi bosilishlari. Har bir necha daqiqada yangilanadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Boshqa savol bo'lsa, forma orqali yozib qoldiring.

Bu pullikmi?+

Yo'q, ijodkorlar uchun bepul. Bizga foydali kontent kerak, sizga — tomoshabin. Ikkalamiz ham yutamiz.

Qanday videolar mos keladi?+

Bilim, tajriba yoki amaliy foyda beradigan har qanday video: biznes, moliya, ta'lim, texnologiya, salomatlik, psixologiya, tarix. G'iybat, janjal, clickbait va bo'sh ko'ngilochar kontent qabul qilinmaydi.

Mualliflik huquqi-chi?+

Videolar YouTube'ning o'z pleyeri orqali ko'rsatiladi — ko'rishlar sizning videongizga yoziladi. Biz faqat muallif roziligi bilan ishlaymiz.

Videomni olib tashlamoqchiman+

Telegram yoki forma orqali yozing — 24 soat ichida o'chiramiz.

Shorts kim tayyorlaydi?+

Biz. Eng kuchli fikrlarni tanlaymiz, sarlavha va subtitr qo'yamiz. Siz hech narsa qilishingiz shart emas.

Birinchi videongizni yuboring

Havola + Telegram. Qolganini biz qilamiz.

Video qo'shish